Xitoy Tayvanga qurol yetkazib beruvchi AQSh kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatadi

Jahon 15:13 / 15.07.2019 5412

Xitoy kompaniyalari Tayvanga qurol yetkazib berishga aloqador bo‘lgan AQSh kompaniyalari bilan har qanday hamkorlikni to‘xtatadi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.

"XXR hukumati va biznes doiralari Tayvanga qurol yetkazib berishda ishtirok etayotgan Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilmaydi", - dedi u.

Avvalroq AQSh Tayvanga 108 dona M1A2 Abrams tanki va 250 dona FIM-92 Stinger zenit-raketa majmualarini yetkazib berishga qaror qilgandi. Ushbu qurollarni sotib olish Tayvanga 2,2 mlrd dollarga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: