Poroshenko Rossiya hibsga olingan ukrain dengizchilarini shu haftada ozod etishini taxmin qildi

Jahon 15:15 / 15.07.2019 10103

Moskva 2018 yil noyabrda qo‘lga olingan ukrain dengizchilarini 21 iyulga qadar Kiyevga topshirishi ehtimoli mavjud, dedi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV efiri orqali.

U dengiz huquqi bo‘yicha BMT xalqaro tribunali Rossiyaga Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan dengizchilarni ozod qilish va kemalarni Ukrainaga qaytarish majburiyatini yuklaganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu qarorni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini tushunadi.

«Shuning uchun yigitlarimiz 21 iyulgacha uyda bo‘lishlari ehtimoli 90%», — dedi Poroshenko.

2018 yil noyabrda Rossiya chegarachilari Kerch bo‘g‘ozida ukrain dengizchilari va Ukraina HDKga qarashli uchta kemani ushlagandi. Ular davlat chegarasini buzishda ayblanib hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: