«O‘zgidromet»: O‘zbekistonda hafta davomida jazirama issiq saqlanib turadi 

O‘zbekiston 15:02 / 15.07.2019 33479

Iyulning ikkinchi o‘n kunligidan O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turibdi. Bu kunlarda harorat 39-42 darajagacha, janubida va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha ko‘tariladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ayrim hududlarida yozning shu kunlari uchun absolyut harorat maksimumi qayd etildi.

Qayd etilishicha, shu hafta davomida ham mamlakat hududida jazirama issiq saqlanib turadi. 

Havo harorati kunduz kuni 40-43 darajagacha, mamlakat janubida va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha qiziydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 darajaga yuqoridir.

Bu yilgi iyul oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng issiq iyul ekanligi ma'lum bo‘lib turibdi. 

Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatilishi mumkin, shuningdek havo harorati yuqoriligi fonida respublikamizning tog‘ oldi va tog‘oldi tumanlarida muzliklar erishi natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan selli suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: