O‘zbekistonda ma'muriy jarimalar miqdori ham 10 foizga oshadi

O‘zbekiston 11:01 / 15.07.2019 19187

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 1 avgustdan ma'muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma'lumotlar tarqatilmoqda, deya xabar beradi Adliya vazirligi.

Qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident farmoniga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma'muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019 yil 1 avgustdan 10 foizga oshadi. 

Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28 iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma'muriy bayonnoma tuzildi. 1 avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28 iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: