O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston 15:48 / 15.07.2019 6161

2019 yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida 2018 yil 13 sentabr kuni imzolangan o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimi to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.

TIV xabariga ko‘ra, hujjatda o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimini rivojlantirishni ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, bitim bilan hujjatlarni rasmiylashtirishda ustuvorlik berish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish ham mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: