Olmaota elektrsiz qoldi

Jahon 16:43 / 15.07.2019 17431

Qozog‘istonning eng yirik shahri Olmaota elektr ta'minotisiz qoldi, deb xabar berdi "Interfaks".

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharning deyarli barcha rayonlarida elektr o‘chgan.

Ko‘chalarda svetoforlar ishlamayapti, shu bois yirik chorrahalarda yo‘l politsiyasi xodimlari transport harakatini tartibga solmoqda.

Keyingi kunlarda Olmaotada harorat 35 darajani tashkil etmoqda.

Shaharda 1,8 mlndan ortiq kishi yashaydi.

Ko‘proq yangiliklar: