Hindistonda attraksion odamlar bilan birga qulab tushdi  

Jahon 20:30 / 15.07.2019 17830

Hindistonning Ahmadobod shahridagi ko‘ngilochar bog‘da attraksionlardan birining qulashi videoda muhrlandi. Voqea vaqtida unda 31 kishi bo‘lgan. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mayatnik ko‘rinishidagi attraksionning aylana gondolasi bilan yuz bergan ko‘ngilsiz voqea oqibatida 29 kishi shifoxonaga yetkazilgan, 2 kishi halok bo‘lgan.  

Voqea guvohlari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishgan.

Ko‘proq yangiliklar: