Farhod Ermanov: «Hazoraspning yangi bozori sentabr oyida ishga tushiriladi»

O‘zbekiston 18:14 / 15.07.2019 7977

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi bilan tadbirkorlarni tashvishga solayotgan va yechimini kutayotgan dolzarb muammolar bo‘yicha Kun.uz tahririyatiga eksklyuziv intervyu berdi.

Viloyat rahbari suhbat davomida «Xorazm beklari» MChJga tegishli bo‘lgan mehmonxonaning buzib tashlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish, shuningdek, Urganch tumani, Xiva shahri va Hazorasp tumani markazidagi yangi bozorlarning qurilishi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

«Xorazm viloyatida bozorlar bo‘yicha juda katta ishlar qilindi, ularni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyishdan yiroqman. Lekin bu muammolarning hammasi bo‘yicha yechimi topiladi. 

Xiva shahri bozori buzilganidan so‘ng, bu tadbirkorlarning ko‘pchiligini shaxsan qabul qilganman. Agar hujjatlari joyida bo‘lsa, ularga yordam berilyapti. Yaqinda 2-3 nafar fuqarolarning hujjatlariga asosan belgilangan yer maydonini berdik, shu bilan bog‘liq ishlarni hal qildik, vaholanki 2-3 yildan beri ularni hech kim tinglamagan ekan. 

Urganch tumani bozori va Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasidagi do‘kon egalarining murojaati bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqaman. Ularni shaxsan qabul qilaman va muammosining hal qilinishini ta'minlaymiz.

«Xorazm beklari» MChJ va shahar hokimligi o‘rtasidagi nizo sudda ko‘rildi, taraflarga kelishuv bitimi taklif qilindi, ajrim qabul qilindi. Sudning qarorini bajarish hamma uchun majburiy. Ajrimda ko‘rsatilgan talablarni bajarilishini o‘z nazoratimga olaman. Bu ishning ham ijobiy hal bo‘lishini shaxsan o‘z nazoratimga olaman.

Hazorasp tumani bozoriga shaxsan o‘zim borib, qilingan ishlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Loyiha 90 foizga bajarilgan. Hozircha bozorning bir kompleksida qurilish ishlari qolgan. Mustaqillik bayrami kunigacha bozorni to‘liq ishga tushirish choralari ko‘riladi. Bu juda katta bozor, bu yerda juda katta mablag‘ tushadi. Hozir ko‘p mablag‘larning hisob-kitobi yo‘q. Agar avtomobillar to‘xtash joyidan tortib tadbirkorlardan olinadigan kundalik yig‘imni hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, mahalliy budjetga katta miqdordagi pul mablag‘lari tushmay turibdi. Albatta bu bozorning tezroq ishga tushishidan hokimlik ham manfaatdor», - dedi Farhod Ermanov.

Viloyat hokimidan olingan intervyuning to‘liq talqini bilan videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Ko‘proq yangiliklar: