AQShda qanday keksayishadi?

Light 17:53 / 15.07.2019 23273

Harvard Business Review keksayish AQSh mehnat resurslarini qanday o‘zgartirishi borasida keng tasavvurni hosil etuvchi so‘rovnoma natijalarini taqdim etdi.

Foto: Getty Images

Yer aholisi keksaymoqda. AQSh aholisi esa juda tez qariyapti. Ma'lumotlar esa turli soha va avlod vakillari bo‘lgan ishchilar ushbu demografik siljishning oqibatlarini his etishayotganini ko‘rsatmoqda. Natijada ularning keksayish va nafaqaga chiqishga bo‘lgan munosabati o‘zgarmoqda.

Odamlar nafaqaga qachon chiqishmoqchi? Keksalik uchun qachon pul jamg‘arishni boshlashadi? “Keksalik” o‘zi qachon boshlanadi? Yoki yanada muhim jihat, necha yoshda ishlashni to‘xtatish kerak? Odamlar nafaqadagi hayotidan nimalarni kutadilar? Ularga ish beruvchilar qanday yordam beradilar (yoki yordam bermaydilar)?

AQSh mehnat bozorida sodir bo‘layotgan voqealar va buning odamlar hayotidagi oqibatlarini yaxshiroq tushunish uchun ko‘plab manbalarni umumlashtirdik. Bu yerda keltirilgan jadvallar optimizmni ham, pessimizm va noaniqlikni hamda turli avlodlarning qarashlaridagi tafovutlarni aks ettiradi. Kimnidir raqamlar xayron qoldirsa, boshqalarni o‘ylashga majbur qiladi.

Milleniallar — umidsiz optimistlar

Manba: «18th Annual Transamerica Retirement Survey of Workers», Transamerica Institute, 2017

Hozirda ishlayotgan jami amerikaliklarning 90 foizga yaqini ertami-kech ishdan ketishni maqsad qilgan. Biroq karerani rejaga asosan yakunlashning aniq yoshi avlodga bog‘liq. Milleniallar aqlbovar qilmas darajada optimist: ulardan yarmidan ko‘prog‘i 65 yoshgacha nafaqaga keta olishlariga ishonadi. Biroq iqtisodiy va demografik trendlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Bunday nomuvofiqlik qayerdan paydo bo‘lgan? Ehtimol, milleniallar uchun nafaqa haqida ishonch bilan fikrlashga hali ancha vaqt bordir.

Aytgancha, nafaqa deganda nimani nazarda tutamiz? Har beshinchi millenial nafaqaga chiqqach, to‘liq ish kunida ishlashda davom etishni rejalashtiradi. Bu bizni atamalar haqida chuqurroq o‘ylashga majbur qiladi: nafaqaga chiqish ishlashga majbur bo‘lgan davr va ishlash yoki ishlamaslikni o‘zimiz tanlaydigan davr o‘rtasidagi chegaraga aylanib qolmaydimi?

Eydjizm

* “Har doim har xil” javoblari ham shu yerga kiritilgan.
Manba: «18th Annual Transamerica Retirement Survey of Workers», Transamerica Institute, 2017

Keksalik tushunchasi sub'yektiv. Yoshlar odatda u taxminan 60 yoshda boshlanadi, deb hisoblashadi. Biroq ulg‘aya borgach, bu ko‘rsatkich ostonasi surilib boradi. Bunday tendensiya tabiiy bo‘lib ko‘rinadi, biroq yoshi ulug‘lashib borayotgan xodimlarga nisbatan eydjizmning oldini olish uchun uni anglash lozim.

Hatto milleniallar ham yosh haqida ish talqinida fikr yuritilishi kerak bo‘lganida keksalik to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘zgartirishadi. Barcha avlodlardagi odamlarning katta ulushi umumlashtirishdan qochishi ham yaxshi holat.

Ish beruvchilarning xodimlarga nisbatan munosabati

Manba: «18th Annual Transamerica Retirement Survey of Workers», Transamerica Institute, 2017

Ishlayotgan jami amerikaliklarning yarmidan ko‘prog‘i ish beruvchilar 65 yoshdan katta xodimlarga yaxshi munosabatda bo‘ladi, deb hisoblashadi. Bir qarashda bu demografik vaziyat hisobga olinadigan bo‘lsa, ajoyibdek tuyuladi. Biroq xuddi shu so‘rovnomalar ish beruvchilar odamlarga nafaqaga ketishda hech qanday yordam ko‘rsatmasligini aytadi. Agar mehnat resurslari prognoz qilinayotgan sur'atlarda keksayishda davom etsa, tashkilotlar muammoga nisbatan o‘z yondashuvlarini o‘zgartirishga tayyormikan?

Ko‘proq yangiliklar: