Tarmoqda Apple’ning 1970 yildan boshlab shu kungacha bo‘lgan video va fotomateriallari paydo bo‘ldi. Bu haqida The Verge xabar bermoqda. Uni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.
U grafika dizayneri va marketolog Sem Gold tomonidan yig‘ilgan. Nashrning xabar berishicha, Gold arxivni YouTube’dagi Every Apple Video kanali yangilanishi to‘xtatilganidan keyin yaratishni boshlagan (bu 2015 yilda yuz bergan).
Arxivda asosan kompaniya reklama videoroliklari, shuningdek suratlar va bosma reklama ham mavjud. Unda Stiv Jobs va kompaniyadagi boshqa rahbarlarning chiqishlari ham bor. Barcha materiallar yillar bo‘yicha saralangan.