Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi

Fan-texnika 20:00 / 15.07.2019 15795

Dastlabki beshtalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etishgan.

AnTuTu standart benchmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuchli 10ta Android-smartfon ro‘yxatini e'lon qilishdi.

Reytingni o‘rtacha 371 000dan yuqori balni tashkil etgan holda OnePlus 7 Pro boshqarib bormoqda.

Keyingi o‘rinda hali ham aktualligini yo‘qotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uchinchi pog‘onada esa o‘yin smartfoni Black Shark 2 joylashgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravishda 4 va 5 o‘rinlarda. Ularning barchasi yetakchidan bir necha ming balga ortda qolishmoqda.

Ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasida shu yilning fevralida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bo‘lishini noodatiy holat desa bo‘ladi. Sony'ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham shu gapni aytish mumkin, u yettinchi qatorda joylashgan.

O‘nlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.

Samsung Galaxy S10 5G va Galaxy S10+ / androidcentral.com

Uskunalar qarshisidagi ball — eng yuqori ko‘rsatkich emas, o‘rtachasi keltirilgan. Hisoblashlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida o‘tkazilgan sinovlar natijasidir.

Ko‘proq yangiliklar: