Andijonlik 51 nafar sovrindor sportchilarga OTMda o‘qishga imtiyoz beruvchi guvohnomalar topshirildi

Sport 16:35 / 15.07.2019 6657

Andijonda, sportning turli yo‘nalishlarida xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 51 nafar akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarining sportchi- bitiruvchilariga oliy ta'lim muassasasiga test sinovlari va qo‘shimcha imtihonsiz grand asosida qabul qilishga imtiyoz beruvchi guvohnomalarni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda sportchilarning murabbiylari, ota-onalari ishtirok etdilar. Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elyorbek G‘ulomovlar so‘z olib, sportchilar va ularning murabbiylarini qutladilar.      

Imtiyozga ega bo‘lgan 51 nafar viloyat vakillari sportning -  boks, dzyudo, badminton, karate, ot sporti, og‘ir atletika, chim ustida xokkey, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, yengil atletika, slolomda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, o‘q otish, stol tennisi, gandbol, yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha g‘olib va sovridor sanaladilar.

 Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: