Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pop va Mingbuloq tumanlarida 8 ming gektardan ortiq foydalanishdan chiqqan yer o‘zlashtiriladi
9-10 iyul kunlari Jahon banki ekspertlaridan iborat missiya vakillari tomonidan Namangandagi Pop va Mingbuloq tumanlarida joriy etilayotgan Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi asosidagi eksperiment tajriba o‘rganildi, deb yozadi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Konsepsiyaga muvofiq Pop va Mingbuloq tumanlarida qiymati 20 million dollarga teng 8140 gektar maydon o‘zlashtiriladi. Mablag‘ning 15 million dollarga teng qismi xalqaro moliya institutlari, 5 million dollarga teng qismi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Uchrashuvda Jahon bankining suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Azad Adulhamid, qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Sergey Zorya hamda Jahon bankining Olmaota viloyatidagi ofisi loyiha rahbari Animesh Shrivastava va boshqa mutasaddi vakillar Pop tumanidagi “Art Soft Cluster” korxonasi, Chodak massividagi 3500 gektar foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan maydonlarni 4-ko‘tarma nasos stansiyasi va 2 km irrigatsiya tarmoqlarini, “G‘urumsaroy-2” nasos stansiyasi va boshqa majmualarni ko‘zdan kechirishdi.

- Jahon tajribasida sohani isloh qilishda ishni pilot loyihalardan boshlashadi. Shundan so‘ng loyiha ishi keng joriy etiladi. Xuddi shunday tajriba Marokashda ham keng qo‘llanilmoqda. Bu yerda yerlarning 50%ini xususiy sektorlar qoplamoqda. Shubhasiz, O‘zbekistonda ham bu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, - dedi Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergey Zorya.
Sinov tariqasida Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda respublikamizning butun hududida joriy etiladi.
Mavzuga oid

10:27
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi

16:39 / 07.07.2025