Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida barqaror savdo o‘sishiga hissa qo‘shishning 5 usuli

Iqtisodiyot 12:48 / 13.07.2019 10196

World Economic Forum (Xalqaro iqtisodiy forum) dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida barqaror savdoni oshirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan besh jihat haqida ma'lumot berdi.

Xalqaro savdo tashkilotining «Savdoga yordam» tashabbusi rivojlanayotgan mamlakatlarni global savdo tizimiga kirishini ta'minlashga mo‘ljallangan.

3-5 iyul kunlari Xalqaro savdo tashkilotida “Savdoga yordam” ikki yillik global sharhi “Iqtisodiy diversifikatsiyani qo‘llab-quvvatlash va huquq hamda imkoniyatlarni kengaytirish” mavzusida o‘tkazildi. Savdoga yordam rivojlanayotgan mamlakatlarning rasmiy moliyaviy rivoji uchun 30 foizga yaqinni tashkil etadi (yoki yiliga 40 mlrd dollar). 2017 yilda kamroq rivojlangan mamlakatlar (KRM) oldidagi majburiyatlar 18,8 mlrd dollarga yetdi. Bu esa 2005 yildan beri uch marta ortish, demakdir.

Takomillashuvga qaramay, 47 ta kamroq rivojlangan mamlakatlardan 35 tasi hali ham kamroq rivojlangan mamlakatlar mavqeidan o‘tish uchun zaruriy ko‘rsatkichlardan o‘tishmagan. Ular uch mezonga asoslanadi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tushum, inson aktivlari indeksi va iqtisodiy zaiflik indeksi.

KRMning jahon savdosidagi ulushi 1 foizdan kamroqni tashkil etadi, ushbu ulushning yarmidan ko‘prog‘i kamroq rivojlangan mamlakatlar mavqeidan chiqayotgan – Angola, Bangladesh va Myanmaga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlardagi eksport qo‘shilgan qiymati past bo‘lgan tovarlarning tor to‘plamida jamlangan, ularning 60 foizini qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va qazilmalarni qazib olish sohalaridagi birlamchi mahsulotlar tashkil etadi. Diversifikatsiyaning mavjud emasligi tashqi shoklarga nisbatan zaiflikni oshirishi va rivojlanishning uzoq muddatli istiqbollariga putur yetkazishi mumkin.

2030 yilgacha bo‘lgan muddatda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibida bayon etilgan kengroq konsepsiya doirasida xalqaro hamjamiyat “rivojlanayotgan mamlakatlar eksportini sezilarli darajada ko‘paytirish, xususan, 2020 yilga kelib kamroq rivojlangan mamlakatlarning jahon eksportidagi ulushini ikki baravar oshirish” majburiyatini oldi. So‘nggi maqsadga erishilmagan taqdirda ham savdoga yordam KRMning jahon iqtisodiyotiga barqaror integratsiyasidagi muhim instrumentligicha qoladi.

Mazkur yilda global sharhni tayyorlash doirasida kompleks dastur tomonidan savdo va KRMga yordam berish siyosati seriyasidan olingan xulosalardan iborat beshta masala quyidagilardan iborat:

1)     Dunyodagi qashshoqlar uchun savdo va investitsiya masalalari borasidagi xalqaro hamkorlik

Savdo tizimiga asoslangan xalqaro hamkorlik muhimligicha qolmoqda. Unda qashshoq mamlakatlar bozor imkoniyatlaridan foydalanishlari, ish o‘rinlarini yaratishlari va qashshoqlikni kamaytirishlari mumkin. Yirik mamlakatlar o‘rtasida savdo sohasidagi taranglikning joriy eskalatsiyasi noaniqlikni keltirib chiqaradi, ko‘p tomonlama rejimga putur yetkazadi va nozik mamlakatlar rivojlanishi istiqboli uchun tahdidni uyg‘otadi.

2)     Rivojlanishdan ortda qolayotganlar uchun yangi iqtisodiy modellar

Global ishlab chiqarish-sotish zanjirlarining tarqalishi KRM uchun iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liqlikning shakllaridan biri sanaladi. Bilimga asoslangan nomoddiy aktivlarning o‘sib borayotgan ahamiyati va raqamli iqtisodiyotning qat'iy o‘sishi yaqinlashish uchun imkoniyatni ta'minlaydi, biroq qashshoq mamlakat va ularning aholisi uchun katta muammolar tug‘diradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasini rag‘batlantirish, masalan, ishlab chiqarish yoki xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlarni qo‘llash, integratsiyadan keluvchi istiqboldagi foydani oshirish uchun rivojlanishdan ortda qolayotganlar mamlakatlarga strategiyaning qanday turlarini hisobga olish kerak?

KRMni rivojlantirish maqsadida raqamli transformatsiyani qondirish uchun ma'lumotlar va sun'iy idrok afzalliklarini qanday qilib adolatli tarzda qo‘llash mumkin? Bo‘lajak savdo dasturlari uchun yordamga keladigan ayrim savollar ana shular.

3)     Ko‘nikmalar va ta'lim jahon iqtisodiyotida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yanada ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda

2017 yilda savdo majburiyatlari doirasida KRMga yordamning 60 foizdan ortig‘i (11,7 mlrd dollar) iqtisodiy infratuzilma – yo‘llar, portlar, telekommunikatsiya va energetikani qo‘llab-quvvatlashga ajratildi. Ko‘nikma va ta'lim ham barqaror iqtisodiyotni qurish va mahalliy korxona hamda mahalliy ish kuchi global iqtisodiyotda ishtirok etishdan foyda olishlari uchun muhim rol o‘ynamoqda. Prognozlarga ko‘ra, KRM jami aholisi 2015 va 2030 yillar orasida deyarli 40 foizga ortishi hisobga olinadigan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi kabi savdo sektorlarida ko‘nikmalarni rivojlantirish strategiyalari eksport savdo siyosati raqobatbardoshligini oshirish va uni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

4)     KRMdagi savdoning inklyuziv istiqboli kuchayishi mumkin

Ta'lim individual qobiliyat va imkoniyatlardan foydalanishni cheklaydigan to‘siqlarni yengishda yordam berishi mumkin. Ehtiyojmand jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada ko‘proq narsalarni amalga oshirish mumkin. Bu beqaror va mojarolardan aziyat chekkan KRMda yashaydigan odamlarni o‘z ichiga oladi.

Doimiy mavjud bo‘lgan bartaraf etuvchi aralashuv sohalaridan biri qashshoqlikda yashaydigan ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida gender jihatlarini hisobga oladigan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hisoblanadi. KRMdagi savdo uchun gender yordami umumiy ko‘makda 17 foizdan 40 foizgacha ortdi. Vazifalardan biri uzoq muddatda ayollar va ana shunday dasturlarni rivojlantirishni to‘g‘ri baholaydigan ma'lumot va ko‘rsatkichlarning monitoring va baholash tizimini yaratishdan iborat.

5)     KRM mamlakatlardagi savdoning atrof-muhitga ta'sirini yaxshilash mumkin

KRM iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit holatining yomonlashuviga favqulodda ravishda ta'sirchan. Bularning bari – so‘nggi o‘n yillarda qashshoqlik miqyosini qisqartirishda erishilgan taraqqiyotga tahdid soladi. Umuman olganda, savdo atrof muhitga munozarali ta'sir ko‘rsatadi, qashshoq mamlakatlar ham bundan mustasno emas.

Savdodagi yordam barqaror ongli ekologik tamoyillarga asoslangan rivojlanish strategiyalarini rivojlantirish vositasi bo‘lishi mumkin. Bu barqarorlik va sanoat standartlari, iqlimga nisbatan turg‘un infratuzilmani rivojlantirish, o‘rmonlarni tiklash vositasida ekotizim xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini yuritishning barqaror usullarini rag‘batlantirish va toza energiyaga o‘tish standartlarini o‘z ichiga oladi. Baliqchilik uchun subsidiyalar atrofidagi muhokamalar ham bunga misol bo‘ladi. Bunda savdodagi yordam KRMga subsidiya dasturlarini qayta sozlash va okeanlar barqarorligiga ko‘mak berishga qaratilgan bo‘lajak ko‘p tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish imkonini beradi. Xalqaro hamjamiyatning kelishilgan sa'y-harakatlari doirasida milliy hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan birgalikda ushbu besh masalaning ko‘rib chiqilishi qashshoq mamlakat va ularning xalqlari uchun gullab-yashnash imkoniyatiga ega bo‘lgan savdo sohasining barqaror global iqtisodiyotga erishish imkon bergan bo‘lar edi.

Ko‘proq yangiliklar: