Prezidentning 9.07.2019 yildagi qarori bilan 2019 yil 1 oktyabrdan davlat xaridlari sohasiga yangiliklar kiritish nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Birinchidan, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning davlat xaridlari monitoringi, nazorati, ochiq-oshkoraligi, samaradorligi va natijadorligi tahlilini ta'minlash borasidagi talablari alohida xarid tartibi belgilangan xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha turdagi davlat xaridlariga tatbiq etiladi (masalan 22.01.2018 yildagi PQ-3487-son qaror).
Ikkinchidan, davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga qo‘yiladigan talablarga binoan davlat buyurtmachisi o‘zining saytida yoki yuqori turuvchi organning saytida davlat xaridlari natijalari haqidagi ma'lumotni va ularning to‘liq tavsifini joylashtirishi shart («Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasi, Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 230-236-moddalari).
Uchinchidan, Hisob palatasi va Monopoliyaga qarshi qo‘mita doimiy asosda davlat xaridlari samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi. Tahlil masofaviy o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganda joyga boriladi. Tahlil yakunlari ularning saytida va davlat xaridlari maxsus axborot portalida e'lon qilinadi.
To‘rtinchidan, yetkazib beruvchilarga ishtirok etish imkoniyatini berish va bevosita shartnomalar bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan kontrakt (shu jumladan import kontrakt) tuzishdan oldin tanlov natijalarini aks ettirish maqsadida tegishli ma'lumotlar davlat xaridlari portalida oldindan e'lon qilinadi.
Bir oy mobaynida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga tuzatishlar ishlab chiqilishi lozim. Shular qatorida, davlat xaridlari ochiq-oshkoraligini ta'minlash bo‘yicha talablar, muayyan nazorat mexanizmlari va unda jamoatchilik faol ishtirok etishini rag‘batlantirish choralari kuchaytiriladi. Xalqaro tashkilotlarning (IHTT, Xalqaro bank va boshqalar) korrupsiyaga qarshi kurashish va har yilgi «Biznes yuritish» hisoboti yuzasidan tavsiyalari joriy etiladi.
Davlat xaridlari samaradorligi nazorat qilinadi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25722
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34570