Toshkentdagi ta'lim muassasalari hududidan yer maydonlari hokimlik zaxira yer fondiga topshiriladi

O‘zbekiston 11:36 / 12.07.2019 4691

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun yer maydonlari ajratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Toshkent shahar hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining:

2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish uchun Toshkent shahridagi ta'lim muassasalari hududidan muvofiq yer maydonlarini Toshkent shahar hokimligi zaxira yer fondiga topshirish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi“ Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish uchun ajratish to‘g‘risidagi;

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 75-son maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rnida 150 o‘rinli, 527-son maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rnida 100 o‘rinli, Chilonzor tumanidagi 473-son maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rnida 200 o‘rinli ta'lim tashkilotlarini qurish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim vazirligi (A. Shin) ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yo‘qotilgan quvvatlarda iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga yangi maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish yoki mavjudini rekonstruksiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Toshkent shahar hokimi (J.Ortiqxo‘jayev):

ko‘rsatilgan yer maydonlarini Toshkent shahar hokimligi zaxira yer fondiga qabul qilish hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish uchun ajratish chorasini ko‘radi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi (A. Shin) mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini yakunlab, qurilish-montaj ishlari boshlanishini ta'minlaydi.

2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish uchun hududidan yer maydoni ajratiladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari ro‘yxati:

Olmazor tumani “A.Shoshiy” mahallasi hududidagi 172-son maktabgacha ta'lim tashkilotiga qo‘shimcha bino qurish uchun shu tumandagi 261-son umumta'lim maktabi hududidan 0,40 ga yer maydoni;

Olmazor tumani “Xoncharbog‘” mahallasi hududidagi 118-son maktabgacha ta'lim tashkilotiga bino qurish uchun shu tumandagi 119-sonli umumta'lim maktabi hududidan 0,28 ga yer maydoni;

Olmazor tumani “Eski shahar” mahallasi hududidagi 248-son maktabgacha ta'lim tashkilotiga bino qurish uchun tumandagi 46-sonli umumta'lim maktabi hududidan 0,40 ga yer maydoni;

Shayxontohur tumani “Koxota” mahallasidagi 21-son maktabgacha ta'lim tashkiloti joylashgan hudud Toshkent shahar bosh rejasiga asosan buzilish hududida joylashganligini inobatga olib, Shayxontohur tumani Koxota mahallasidagi 5-sonli Akademik litseydan 0,40 ga yer maydoni.

Ko‘proq yangiliklar: