Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Dori va uning narxi haqida mobil ilova orqali ma'lumot olish mumkin bo‘ladi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2019 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan farmatsevtika sanoatidagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida dori-darmon sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
«Xavotirga o‘rin yo‘q. Dori vositalarining sifati qat'iy nazoratda bo‘lib, sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga va chetdan yurtimizga kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Shu maqsadda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi qoshida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi faoliyat yurityapti», — dedi tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Ibrohimova.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayevning ta'kidlashicha, ushbu markaz O‘zbekistonga kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositalari sifatini nazorat qiladi, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Mazkur muassasa tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1 mayiga qadar sifati talabga javob bermagani uchun 258 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, 43 nomdagi substansiyalarga muvofiqlik sertifikati berish rad etilgan.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Ma'lum bo‘lishicha, bu boradagi ishlar yanada takomillishtirilib, dori vositalarini elektron tarzda nazorat qilish tartibi belgilanadi. Bunda xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda yangi tizim joriy etilyapti. Unga ko‘ra, har bir import qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositasiga maxsus stikerlar yoki yorliqlar joylanib, dori rastalariga yetkaziladi. Kelgusida shu stiker yoki yorliqlar asosida aholi har bir dori va uning narx-navosi haqida mobil ilova orqali batafsil ma'lumot olishi mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

13:21 / 04.06.2025