Prezident tanqididan keyin: O‘zbekiston «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi qonunni qayta ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston 15:12 / 12.07.2019 6523

O‘zbekiston 2001 yilda qabul qilingan «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi qonunni qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov juma kuni ma'lum qildi.

«Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun 15 yil oldin qabul qilingan. Tabiiyki, unda aks ettirilgan barcha masalalar ham bizning talablarga javob bermaydi. Qonun investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati sifatida dastlabki hujjat tariqasida qabul qilingan», - dedi u jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda O‘zbekiston «investitsiyalarni jalb qilish uchun muayyan shartlar» taqdim etishga tayyor bo‘lgan jihatlar ham aks ettirilgan.

«Bugungi kunda investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. Shuning uchun, bizning fikrcha, qonunni qayta ko‘rib chiqish kerak. Biz sarmoyalarni jalb qilishning boshqa darajasida ekanligimizni hisobga oladigan o‘zgartirishlar kiritiladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Sidiqov.

Bundan oldin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatdagi chiqishi vaqtida «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirgandi. Prezident mas'ullar mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitim imzolash oldidan milliy manfaatlarni hisobga olishi kerakligi, lekin bu holatda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: