O‘zbekiston fuqarosi Chexiyadagi sihatgohda vafot etdi

Jahon 00:34 / 12.07.2019 12257

O‘zbekiston fuqarosi Karlovi Varidagi (Chexiya) sihatgohlardan birida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.

Ayni vaqtda O‘zbekistonning Berlindagi konsullik bo‘limi, marhumning yaqinlari va Pragadagi o‘zbek diasporasi vakillari N.J.ning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirilgan. 

Shuningdek, Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Chexiyada bo‘lgan o‘zbekistonliklarga zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari bo‘yicha murojaaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan: +49 30 39 40 98 55 va +49 30 39 40 98 30.

Ko‘proq yangiliklar: