Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi:
a) yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qo‘llash hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Vazirlik markaziy apparatining:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilash;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lash;
Respublika oliy va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qish uchun xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar ta'limi muassasalari direktorlariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:
xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta'limi muassasalarida alohida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilash;
kasb-hunar ta'limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

15:26 / 09.07.2025
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

10:55 / 02.07.2025
Arxitektura-qurilish universitetida ta’limning yangi shakli joriy etiladi

11:00 / 01.07.2025