Merkelning titroq bosganda o‘ziga aytgan so‘zlari ma'lum bo‘ldi

Jahon 00:20 / 12.07.2019 20744

Germaniya kansleri Angela Merkelning 10 iyulda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda oxirgi haftalardagi uchinchi marta titroq tutishi vaqtida o‘ziga aytgan so‘zlari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda lablar bo‘yicha so‘zlarni o‘qiy oluvchi mutaxassis Judit Xarter Antenne Bayern radiostansiyasiga so‘zlab berdi.

Mutaxassisning fikricha, kansler o‘ziga taskin berib, bir necha marotaba “Men uddalay olaman” deb qaytargan.

Keyinroq Merkel o‘zini yaxshi his qilayotgani va ishlashga tayyorligini aytgan.

Merkelni 18 iyunda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida ilk bor titroq tutgan. O‘shanda siyosatchi o‘zining bu holatini suvsizlanish bilan tushuntirgandi. Merkel bilan ikkinchi marta bunday voqea 27 iyunda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. O‘shanda kansler unga keltirilgan suvni rad etgan.

Ko‘proq yangiliklar: