Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel titroq tutishlardan keyin madhiyani o‘tirib eshitishga qaror qildi (video)

Foto: REUTERS/Hannibal Hanschke
Germaniya kansleri Angela Merkel Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan Berlindagi uchrashuvda madhiyani o‘tirib eshitdi. Bu haqda Die Welt nashri xabar berdi.
Nashr ushbu holat videosini e'lon qildi. Unda Merkel daniyalik hamkasbini kutib olayotgani va ular harbiy orkestr qarshisida o‘rnatilgan stullarga o‘tirib Germaniya va Daniya madhiyalarini tinglashayotganini ko‘rish mumkin. Odatda rasmiy uchrashuvlarning bu qismi yetakchilarning turgan holatida o‘tadi. Bild nashrining ta'kidlashicha, tadbir bayonnomasi qabul oldidan o‘zgartirilgan va maydonchada ikkita oq stul o‘rnatilgan. Ko‘rinishicha, bunday qaror oxirgi haftalarda rasmiy uchrashuvlarda Merkelni ba'zida titroq tutayotgani bilan bog‘langan.
Bundan bir kun avval, ya'ni 10 iyulda Merkelning Berlinda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvi vaqtida uni uchinchi marta titroq tutgandi. Bundan avval Germaniya kansleri bilan shunday holat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuvlarda yuz bergandi. Spiegel nashrining ta'kidlashicha, Merkel uzoq vaqt oyoqda turishiga to‘g‘ri kelganda u bilan shunday holat yuz bermoqda. Kanslerning o‘zi esa jamoatchilikni sog‘lig‘ida hech qanday muammolar yo‘qligiga ishontirmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
-
Oq uyning kadrlar bo‘yicha direktori Serxio Gor Toshkentda tug‘ilgan - OCCRP
Jahon | 21:54
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida

19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi

09:41 / 05.12.2021
Merkel Germaniya xalqiga so‘nggi bor murojaat qildi

10:29 / 03.12.2021