Amerikalik kinoijodkorlar O‘zbekiston haqida “Taxtlar o‘yini” qabilida tarixiy serial suratga oladi 

O‘zbekiston 22:22 / 12.07.2019 11835

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev amerikalik kinoijodkorlar O‘zbekiston haqida qiziqarligi bo‘yicha “Taxtlar o‘yini” serialidan ham o‘tadigan serial suratga olishlarini ma'lum qildi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Hamzayevning aytishicha, bu real voqealarga asoslangan o‘zbekcha “Taxtlar o‘yini” bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, tomonlar Netflix kompaniyasi bilan serialning rotatsiyasi haqida kelishuvga erishishgan.

Serial 10 seriyadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimiz tarixining 12-14-asrlariga oid voqealar haqida so‘zlanadi.

Serial tarixiy bo‘lgani sababli o‘zbekistonlik temuriyshunos olimlar uning ustidan muallliflik nazoratini olib borishadi.

Ta'kidlash joizki, AQShning Jacob + Katie Schwarz ijodiy guruhi ushbu serialni suratga olishga 3 oydan beri tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kompaniya filmni yaratishning barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga olgan, biroq hozircha serialda birorta o‘zbek aktyori ishtirok etishi ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: