Turkiyaga S-400 yetkazilishi boshlandi. Ularni Suriya bilan chegarada joylashtirish rejalashtirilmoqda

Jahon 19:49 / 11.07.2019 11975

10 iyulda Rossiyani tadqiq qilish instituti tvitterdagi sahifasida Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualarining ilk qismlari yetkazilganini ma'lum qildi. Xabarga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar bu qismlarni Anqara va Malatyaga samolyotlarda keltirishgan.  

O‘sha kuniyoq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara himoyalanishiga to‘g‘ri kelsa, hech ikkilanishsiz S-400’ni qo‘llashini aytgan. 

Turkiya yetkazib beriladigan S-400 majmualarining birinchi batareyasini Suriya bilan chegarada joylashtirmoqchi. Bu haqda Milli Gazete nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Turkiyada hudud va vaziyat batafsil o‘rganilib, majmualarni Shonliurfa shahri yaqinidagi Birajik tumanida joylashtirishga qaror qilingan. Nashrning ta'kidlashicha, bu joy Turkiya va Suriya o‘rtasidagi 911 kmlik chegaraning deyarli o‘rtasidir. Birajikdan janubda Suriyaning Halab viloyati joylashgan.

Ikkinchi batareya esa Halab bilan chegaradosh bo‘lgan Mersin yoki Xatay viloyatida joylashtirilishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: