Vazirlik: Koreya Respublikasiga ishga yuborish bo‘yicha imtihonlardan o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Bandlikka ruxsat berish tizimining Koreya Respublikasiga ishchilarni jo‘natish bo‘yicha kelishuv memorandumi” doirasida bilimni baholash markazlarida o‘tkazilgan dastlabki saralash imtihonlaridan o‘tgan nomzodlarni dinamik reyting asosida ro‘yxatga olinishi 2019 yil 5 iyul kuni to‘xtatilganligini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, dinamik reyting asosida ro‘yxatga jami 4003 nafar nomzod reyestriga kiritildi (http://test.mehnat.uz/).
2019 yil 15 iyulga qadar dinamik reyting asosida ro‘yxatga kiritilgan nomzodlarning koreys tilini bilim darajasi nazorat tartibda tekshiriladi va EPS Topic imtihoniga kiritilgan 2500 nafar fuqaro ro‘yxati e'lon qilinadi.
Asoslanmagan va noto‘g‘ri xabarlarni oldini olish maqsadida faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida e'lon qilingan axborotlardan foydalanish so‘ralgan.
Mavzuga oid

12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

11:13 / 28.02.2025
DXX Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

14:05 / 20.02.2025