Apple kompaniyasi iPhone uchun buyurtirilgan OLED-displeylar uchun Samsung’ga 800 mlrd von (683 mln dollar) neustoyka sifatida to‘lab berdi. Ushbu displeylar iPhone’lar savdosi kompaniya mo‘ljallagan ko‘rsatkichlarga yetmagani sababli qo‘llanmagan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Samsung 5 iyulda e'lon qilgan 2-chorak uchun natijalar prognozida “displeylarni ishlab chiqarish biznesining bir martalik daromadi” hisobga olinishi aytilgan. Mutaxassislarning fikricha, gap Apple to‘lab bergan pullar haqida bormoqda.
Apple kompaniyasi iPhone X va iPhone XS savdosi kutilgandan yomonroq bo‘lgani sababli OLED-displeylarga buyurtmalarni qisqartirishi haqida avval ham ma'lum qilingan. Iyun oxirida esa Samsung AQSh kompaniyasidan kelishilgandan ko‘ra kamroq displey buyurtirgani sababli tovon puli to‘lashni talab qilayotgani ma'lum bo‘lgan.