O‘zbekistonda qariyb 350ta davlat korxonasini tugatish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot 14:15 / 04.07.2019 24942

O‘zbekistonda 348ta past rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat unitar korxonalarini tugatish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlik e'lon qilgan prezident qarori loyihasida aytiladi.

Ularning barchasida davlat ulushi 100 foizni tashkil etadi. Bir nechta kompaniyalar sotuv va mulkka egalik huquqi to‘g‘risidagi order olinganidan so‘ng reyestrdan chiqarib tashlanadi. Masalan, «Shahrisabz yulduzi» DUK (shu nomdagi mehmonxona hamon xususiy mulkdorlarga sotishga harakat qilinmoqda), «Afrosiyob Palas» DUK (Samarqandda shu nomdagi mehmonxona uchun xaridor topilgan) shular jumlasidan.

Tugatish taklif etilayotgan korxonalarning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida - 168ta. Bular - «Uchtepa Invest» DUK, «Kar biznes sistem» DUK, «Olmazor kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi» DUK va boshqalar. 

Ko‘proq yangiliklar: