Arzon turlarni tanlash uchun 7ta servis

Light 20:50 / 03.07.2019 6868
Foto: Layfxaker

Ushbu instrumentlar nafaqat pul, balki vaqtni ham tejash imkonini beradi.

1. Travelata

150 dan ortiq eng yaxshi takliflarni to‘playdigan agregator. Servis mashhur yo‘nalishlar bo‘ylab yaqin hafta uchun qaynoq turlar taklif etadi. Ko‘plab filtrlar mehmonxona, plyajning joylashuvi, ovqatlanish va  boshqa narsalarni tanlash imkonini beradi. Farzandlari mavjud juftliklarga esa oilaviy hordiq uchun ko‘plab alohida filtrlarga ega bo‘limlar bor.

2. Level.Travel

Istalgan ta'b uchun turlarni izlashda qulay servis. Level.Travel dolzarb chegirmalarni to‘playdi, bir necha klik bilan yo‘llanmani izlash, bron qilish va uning to‘lovini to‘lashda yordam beradi. Qaynoq turlar muddati yoki narxiga ko‘ra saralanadi.

Mehmonxonaning budjeti, mavqei, shuningdek, mehmonlar soni va ovqatlanish variantlari tanlovi mavjud.

3. Tutu.ru

Sayohatchilar uchun Tutu.ru portali nafaqat samolyot, poyezd va avtobus chiptalariga buyurtma berish, balki 30 dan ortiq turli mamlakatlar uchun qaynoq turlarni tanlash imkonini beradi. Ideal yo‘llanmani izlash uchun yo‘nalishni tanlash, taxminiy muddat va u yerda bo‘lish vaqti, shuningdek, joylashish detallarini ko‘rsatishning o‘zi kifoya.

4. FixTravel

FixTravel tejashni sevadigan barchaga yoqadi. Servisning o‘ziga xosligi – turlarni belgilangan narx bo‘yicha bron qilish imkoniyati. Sayohat budjetini tanlashning o‘z kifoya. Dam olishning o‘nlab variantlari muhayyo bo‘ladi. Istasangiz mehmonxona mavqei, qulayliklar va plyaj haqidagi aniq mezonlarni ko‘rsatish mumkin.

5. Onvisor

Onvisor servisi ishonchli tur operatorlari bilan hamkorlik qiladi va dunyoning eng yaxshi dam olish maskanlariga turlar taklif etadi. Mehmonxonani yulduzi va ovqatlanish turiga, shuningdek, dam olish yo‘nalishi – faol, sokin, oilaviy, SPA kabi yo‘nalishlarga qarab tanlash mumkin.

6. Onlinetours

Onlinetours’da plyaj, ekskursiya, tog‘ chang‘isi hordig‘i borasidagi 130 dan ortiq tur operatorlar to‘plangan. Qayerda, qachon va qancha vaqt davomida dam olishni tanlang va eng yaxshi narxdagi turlarga ega bo‘ling.

7. Sletat.ru

Ko‘plab foydali turlarga, jumladan, qaynoqlariga ega bo‘lishning sodda servisi. Mehmonxonani tanlash uchun filtrlar u qadar ko‘p emas, biroq mehmonxona, ovqatlanish turi va u yerda bo‘lish vaqti kabi asosiy ko‘rsatkichlar mavjud. Apartamentlar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotdan tashqari reyting va haqiqiy sayyohlarning dolzarb fikrlari mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: