O‘zbekistonda bugundan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi

O‘zbekiston 11:00 / 01.07.2019 66455

2019 yil 1 iyuldan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali eslatma bilan chiqdi.

Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari oshirilgan miqdorlarda to‘lanadi.

Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI

Nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Professor unvoniga ega bo‘lmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi:

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab — 3 130 000 so‘m; 2019 yil 1 yanvardan boshlab — 3 756 000 so‘m; 2019 yil 1 iyuldan boshlab — 4 695 000 so‘m.

Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI

Bunda nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI

 

Ko‘proq yangiliklar: