2019 yil 1 iyuldan boshlab, 50 va 100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik eski namunadagi banknotlar muomaladan qaytarib olindi.
Ularning o‘rniga 2018 yil namunasidagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2001-2002, 2004 va 2009 yillarda chiqarilgan eski namunadagi 50 hamda 100 so‘mlik tangalar 2019 yilning 1 iyuliga qadar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi va bankka kelib tushgan ushbu tangalar qayta muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, 2020 yilning iyulida 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqariladi.
«50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar ham 2019 yilning 1 iyuliga qadar muomalada bo‘ladi.
200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar esa 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilinadi va shundan so‘ng muomaladan chiqariladi.
Eski namunadagi tangalar va banknotlarni yangi namunadagi tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish mumkin. Eski namunadagi 200 va 500 so‘mlik banknotlarni esa 2019 yil 1 iyuldan boshlab bank kassalarida almashtirish mumkin», deyilgandi Markaziy bank bayonotida.