Dollarning rasmiy kursi 8600 so‘mga yaqinlashmoqda

Iqtisodiyot 11:38 / 01.07.2019 10436

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12,40 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8574,74 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 15,80 so‘mga oshib, 9747,76 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,49 so‘mga qimmatlab, 135,83 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: