Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada Putin, Rahmon va Lukashenko suhbatlashdi

Foto: Sergey Bobylev / RIA Novosti
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan noformal tarzda suhbatlashdi. Ularning davrasiga keyinroq Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qo‘shildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Belarus va Rossiya prezidentlari Minskdagi davlat rahbari qarorgohida norasmiy uchrashuvi tashkil etildi. Keyinroq ularga Tojikiston Prezidenti qo‘shildi», — deb xabar bergan RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Suhbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada bo‘lib o‘tdi.
Peskovning ta'kidlashicha, davlat rahbarlari uchrashuvdan so‘ng, Minsk shahrida o‘tishi rejalashtirilgan II Yevropa o‘yinlari yopilish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.
Ma'lumot uchun, Yevropa o‘yinlari qit'a sportchilari o‘rtasida to‘rt yilda bir marta tashkil etiladigan musobaqa bo‘lib, Yevropa olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi. Birinchi Yevropa o‘yinlari 2015 yili Boku shahrida o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:06 / 04.07.2025
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

10:26 / 04.07.2025
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

08:41 / 21.06.2025