Sentyabrda taqdim qilinadagan iPhone XI’ning qalbakisi sotuvga chiqarildi

Fan-texnika 23:52 / 29.06.2019 10496

Apple’ning yangi iPhone XI smartfonlari taqdimoti sentyabrga belgilangan bo‘lsa-da, xitoylik “uddaburonlar” ushbu smartfonni ishlab chiqara boshlashdi. 

Ushbu qalbaki smartfon bo‘yicha iPhone XI’ning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lish mumkin. 

Ko‘rinishicha, qalbaki smartfon OnLeaks insayderi renderlari negizida yaratilgan. Odatdagidek insayder kompaniyaning yangi smartfonlari - iPhone XI, iPhone XI Max va iPhone XR (2019)’ning sifatli renderlarini e'lon qilgan. Aynan shu renderlar xitoyliklar uchun o‘z ayfonini yaratishda yaxshigina sxema bo‘lib xizmat qilgan.  

Ta'kidlanishicha, ushbu smartfonlarni haqiqiy deb qabul qilish ham mumkin, biroq uning pastki ramkasi va kamerasi qalbaki ekanligini fosh qilib qo‘yadi.

Ko‘plab ma'lumotlar yangi iPhone XL va XL Max kvadrat kamera olishini ko‘rsatmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: