Microsoft Office bilan ishlovchi har bir xodim bu usulni bilishi kerak.
Yarim kunlik ish vaqtingizni MS Excel'da hisobot tayyorlashga sarfladingiz-u, dasturni yopish vaqtida «Soxranit izmeneniya v fayle?» so‘roviga tasodifan «Net» tugmasini bosib yuborgan bo‘lsangiz, vahimaga tushmang — buning yechimi bor.
Dasturingiz Excel 2010 bo‘lsa, ma'lumotlarni tiklash uchun «Fayl» → «Posledniye» (File → Recent) orqali pastki o‘ng burchakdagi «Vosstanovit nesoxranyonnyye knigi» (Recover Unsaved Workbooks) tugmasini toping.
Excel 2013’da biroz farqli: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye versiyami» → «Vosstanovit nesoxranyonnyye knigi» (File — Properties — Recover Unsaved Workbooks).
Excel'ning barcha keyingi talqinlarida axborotni qayta paydo qilish uchun quyidagi tartibda oynalarni ochamiz: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye knigoy». Paydo bo‘lgan menyudan kerakli punktni tanlash kifoya.