Vladimir Klichko oilasi bilan birga yonayotgan yaxtadan qutqarib qolindi

Jahon 23:02 / 25.06.2019 26409

Ispaniyaning sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ukrainalik sobiq bokschi Vladimir Klichko va uning oilasini Ibitsadan Mayorkaga yo‘nalayotgan yaxtadagi yong‘in vaqtida qutqarib qoldi. 

Bild portali ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 24 iyunga o‘tar kechasi yaxta Mayorka oroli yaqinida bo‘lganda yuz bergan. Klichko yaxtada oilasi va do‘stlari bilan dam olayotgan bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilingan, yong‘in ispan o‘t o‘chiruvchilari tomonidan o‘chirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in yaxtaning mashina bo‘limida boshlangan. Uning boshlanishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashga to‘g‘ri keladi. 

“Mayorka o‘t o‘chirish qismi va vaziyatni nazorat ostiga olishga hamda barchani sohilga iloji boricha tezroq olib chiqish uchun barcha ishni qilgan bortdagi jamoa tufayli hammasi yaxshi yakunlandi”, deb xabar qilgan sobiq bokschi.

Klichko oxirgi marta ringga 2017 yil aprelda ko‘tarilgan va shundan keyin sportdan ketishini e'lon qilgan. Uning hisobida professional ringda 64 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bor.

Ko‘proq yangiliklar: