«Real» Xose Antonio Reyyesning o‘g‘li bilan shartnoma imzoladi

Sport 10:39 / 25.06.2019 7210

Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi, shu oy boshida avtohalokat oqibatida vafot etgan Xose Antonio Reyyesning o‘g‘li Xose Reyyes Lopes rasman «Real» a'zosiga aylandi.

11 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘il Madrid klubi bilan shartnoma imzolab, klubning yoshlar jamoasiga qabul qilindi. Avvalroq «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres uni balog‘at yoshiga yetgunga qadar otaliqqa olgani ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Xose Antonio Reyyes 1 iyun kuni mudhish avtohalokatda qurbon bo‘lgan edi. U «Sevilya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qadrdon jamoasi tarkibida 242ta o‘yinda 37ta gol urgan.

Futbolchi faoliyati davomida «Arsenal», «Real», «Atletiko», «Benfika» va «Espanol» klublarida ham o‘ynagan.

Ko‘proq yangiliklar: