Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryo IESni modernizatsiya qiladi -  Moliya vazirligi

O‘zbekiston 15:30 / 24.06.2019 4205

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo IES loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«O‘zbekistonda energetikani davlat-xususiy sheriklik yo‘li bilan rivojlantirishdagi eng katta loyihalardan biri Sirdaryo viloyatidagi mavjud IESni yangilash jarayoni hisoblanadi», —  deyiladi rasmiy axborotda.

Ta'kidlanishicha, agentlik joriy yilning so‘ngiga qadar Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi yuzasidan tender jarayonini boshlashni taklif qilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari eng avvalo Sirdaryo IES loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli ma'lumotlarni hukumat taqdim qilgan holda, ushbu jarayonni yil oxiriga qadar boshlash imkoniyati mavjudligini qayd etgan.

Muhokamalarda 2.6 gVt quvvatiga ega bo‘lgan, Sirdaryo IES loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Birinchi bosqichda quvvati 1.3 gVt bo‘lgan birlashgan-siklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stansiyasini qurish masalasi o‘rganilmoqda.

Tomonlar muhokamalar vaqtida shuningdek shamol va quyosh energetikasi istiqboli, bu borada ham DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi, Energetika vazirligi va Jahon banki hamkorligida Toshkent IESidagi eskirgan energobloklarni modernizatsiya qilish va yangi energobloklarni barpo etish bo‘yicha olib borilgan uchrashuvlar ham o‘z samarasini berib, hozirda ushbu loyihani hayotga samarali tatbiq etish bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: