Van Gaal «Barselona» muvaffaqiyatsizliklarida Messini aybladi

Sport 17:55 / 24.06.2019 11940

Niderlandiyalik mashhur murabbiy Lui van Gaal hozirgi «Barselona»ning muvaffaqiyatsizliklarida Lionel Messi aybdor deb hisoblamoqda.

«Jamoaviy futbolchidan ham muhimi yo‘q deb hisoblayman. «Barselona» shundan aziyat chekmoqda. Messi nega uzoq vaqtdan beri Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonolmayapman deb o‘ziga savol berishi kerak. 

«Barselona» dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblanayotgan Messi bilan necha marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi? «PSJ»dagi Neymarga razm soling. Ular necha marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan?

Messining statistikasi ajoyib, shuning uchun ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Biroq, nega 5 yildan  beri Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonolmayapti?», — deb van Gaal so‘zlarini keltirmoqda El Pais.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis 1997 – 2000 va 2002 – 2003 yillarda «Barselona»ni boshqargan.

Ko‘proq yangiliklar: