UYeFA Rossiyaga qarshi futbolkalar uchun Gruziyaga nisbatan ish ochmasligini bildirdi

Sport 15:53 / 24.06.2019 11675

UYeFA Gruziya chempionatining 19-turida maydonga Rossiya siyosatiga qarshi yozuvlar tushirilgan futbolkalarda tushgan gruzin klublari o‘yinchilariga qarshi intizomiy ish ochmasligini bildirdi.

O‘tgan shanba kuni Kutaisining «Torpedo» klubi futbolchilari «Sioni» klubiga qarshi o‘yinda Gruziyaning bir qismi «Rossiya tomonidan bosib olingani» yozilgan qora futbolkalarda chiqishdi. Tbilisida bahs olib borgan «Lokomotiv» va «Rustavi» futbolchilari ham Rossiyaga qarshi yozuvlar tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi.

UYeFAning ma'lum qilishicha, «ushbu holat ichki musobaqada sodir bo‘lgan va Gruziya futbol federatsiyasi yurisdiksiyasiga kiradi. UYeFA faqatgina UYeFA doirasidagi musobaqalarda sodir bo‘lgan holatlar yuzasidan intizomiy ish qo‘zg‘atishi mumkin».

Gruziyada 20 iyundan buyon Rossiya siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: