SpaceX koinotga 152 kishining xokini bir gramini 5 ming dollardan jo‘natadi 

Jahon 21:21 / 24.06.2019 7165

AQShning SpaceX kompaniyasi bortida NASA koinot agentligining ilmiy uskunalari va 152 kishining xoki bo‘lgan Falcon Heavy raketasini fazoga uchiradi. Raketa 24 iyun AQShning sharqiy vaqti bilan 23:30 da (Toshkent vaqti bilan 25 iyun soat 9:30da) uchiriladi.
        
Orbitaga 24 ta sun'iy yo‘ldoshni olib chiqish rejalashtirilgan. Business Insider nashrining xabar berishicha, xoklar joylangan kapsulalar sun'iy yo‘ldoshlardan biriga joylanadi.  

Xoklarning yetkazilishi uchun Celestis Memorial Spaceflighs kompaniyasi mas'ul hisoblanadi. Kompaniya avvalroq “Yulduzli yo‘l” filmi aktyori Jyeyms “Skotti” Doxan, geolog Yujin Shumeyker va boshqalarning xokini fazoga jo‘natgan. Xizmat narxi bir gramm xok uchun 5 ming dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq SpaceX global internet uchun orbitaga 60 ta sun'iy yo‘ldosh olib chiqqan Falcon 9 raketasini uchirgandi. Sun'iy yo‘ldoshlarning barchasi internetga muvaffaqiyatli ulangan.

Ko‘proq yangiliklar: