Seysmologlar Qozog‘istonda o‘q-dori omboridagi portlashlar qator yer silkinishlariga sabab bo‘lganini aytishdi

Jahon 16:00 / 24.06.2019 18263

Seysmologlar Qozog‘iston janubida 3,5 balli qator yer silkinishlari yuz berganini qayd etishdi. Ularning fikricha, silkinishlarga Aris shahridagi o‘q-dori omboridagi portlashlar sabab bo‘lgan.

Avvalroq Qozog‘iston mudofaa vazirligi Aris shahridagi o‘q-dori omborida yong‘in yuzaga kelgani va portlashlar kelib chiqqanini xabar qilgandi.

Portlash oqibatida 16 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar yengil va o‘rta darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda shahar aholisini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: