O‘zbekistonda biznesning korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi ishlab chiqiladi 

O‘zbekiston 14:10 / 24.06.2019 9040

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman tomonidan biznesning korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Biznesning korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi – bu ishbilarmon doira vakillari tomonidan o‘z faoliyatida korrupsion amaliyotni cheklashni joriy etishga qaratilgan hujjat. Xartiyaga qo‘shilgan tadbirkorlar, o‘zining korrupsiyaga toqatsizligini tasdiqlaydi.

Ushbu Xartiya tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish yuzasidan tadbirkorlik sub'yektlarining ixtiyoriy ravishda majburiyatlarni amalga oshirishini belgilab beradi.

Xususan, Xartiya xususiy sektorga ichki nazoratni kuchaytirish, davlat xaridlarida ishtirok etish bo‘yicha axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, tadbirkorlik sub'yektlarining mijozlar va davlat organlari bilan munosabatlarida qonunga itoat etish ruhida tarbiyalashni nazarda tutuvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning maxsus tartiblarini tadbiq etadi.

Xartiya kichik va o‘rta biznesning raqobatbardoshligini oshirishga, shu bilan birga, biznes yuritishda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati shakllantirilishi bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: