Kambojada qurilayotgan bino qulashi 24 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jahon 08:19 / 24.06.2019 5030

Kamboja janubidagi Prea-Sianukvil viloyatida qurilayotgan bino qulab tushdi. 24 kishi, jumladan 4 ayol halok bo‘lgan, deb xabar berdi Khmer Times nashri.

Shuningdek, 24 kishi jarohat olgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Binoning yuqori qavatlari qurilayotgan vaqtda pastki qavatlarida odamlar yashagan. Taxmin qilinishicha, fojia vaqtida binoda 60 ga yaqin odam bo‘lgan. 

Voqea joyiga mamlakat bosh vaziri Xun Sen kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: