Foto: Pragada 250 ming kishi bosh vazir iste'fosini talab qilib ko‘chaga chiqdi

Jahon 13:40 / 24.06.2019 6571

23 iyun kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida mamlakat bosh vaziri Andrey Babishning iste'fosi talabi bilan ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Namoyish tashkilotchilarining ma'lumotiga ko‘ra, mitingda kamida 250 ming kishi qatnashgan.

Foto: Petr David Josek / AP / Scanpix / LETA

Qayd etilishicha, ushbu namoyishlar Chexiyada kommunizmning qulashi bilan tugagan 1989 yilgi «baxmal inqilob»dan beri qayd etilgan eng yirik norozilik aksiyasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Babish Praga yaqinida mehmonxona va anjumanlar markazi qurilishi uchun Yevropa Ittifoqning ko‘mak pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: