Formula-1: Xemilton navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamligini mustahkamlab oldi

Sport 09:44 / 24.06.2019 2027

“Formula-1” poygasining Fransiyadagi bosqichi “Mersedes” jamoasi a'zosi, amaldagi chempion Lyuis Xemiltonning navbatdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

34 yoshli poygachi uchun ushbu g‘alaba faoliyatidagi 79- va joriy mavsumdagi 6-g‘alaba bo‘ldi.

 “Ajoyib uik-end! Men poygalarda anchadan beri ishtirok etib kelaman, biroq eng yaxshi bo‘lishga intilishim kamaymayapti. Fransiyadagi trassa murakkab bo‘lib, men vaziyatni to‘liq nazorat qilganimdan xursandman. Bularning barchasiga trassadagi va jamoa bazasidagi ajoyib xodimlarimizsiz erisha olmasdim”, deb aytgan chempion.

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib Valtteri Bottas, uchinchi bo‘lib Sharl Lekler kesib o‘tgan. 

Xemilton peshqadamlikni yanada mustahkamlab, ochkolari sonini 187 taga yetkazib yo‘qdi. Umumiy hisobda 2-o‘rinni Xemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas (151 ochko), 3-o‘rinni “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel (111 ochko) egallamoqda. 

Poyganing navbatdagi 9-bosqichi Avstriyada 28-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: