Bryusselda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi 

O‘zbekiston 19:38 / 24.06.2019 2022

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, delegatsiyaga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchilik qiladi.

Avvalroq Yevroittifoqdagi 28 davlat tashqi ishlar vazirlari hamjamiyatning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yangi strategiyasini tasdiqlagani xabar qilingandi.

YeIning yangi strategiyasi ikki jihatga qaratiladi. Birinchisi, "Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini kuchaytirishni ta'minlash va ularning islohotlar o‘tkazish qobiliyatlarini oshirish maqsadidagi hamkorlik". Ikkinchisi, "iqtisodiy modernizatsiya, birlashish va yoshlarga investitsiya kiritishni qo‘llab-quvvatlash hisobiga mintaqaning gullab-yashnashi".

Ma'lum qilinishicha, Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini yangi strategiyani Bishkekda 7 iyulda bo‘lib o‘tadigan YeI – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvida taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: