Belgiyada AQSh elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Jahon 20:59 / 24.06.2019 2608

Belgiya federal politsiyasi xodimlari Bryusselda AQSh elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, M. G. ismli Belgiya fuqarosi Bryussel markazida qo‘lga olingan. U AQShning Bryusseldagi elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.  

Ma'lum qilinishicha, "gumonlanuvchi uzoq vaqt davomida xavfsizlik xizmatlari kuzatuvi ostida bo‘lgan".

Ko‘proq yangiliklar: