Argentinada prezidentlikka nomzodlar aniq bo‘ldi

Jahon 07:34 / 24.06.2019 3459

Argentinada 2019 yil oktyabrda prezident lavozimiga 9 nomzod, jumladan amaldagi davlat rahbari Maurisio Makri kurash olib boradi.

La Nacion nashrining ma'lum qilishicha, saylovlarda ishtirok etish uchun arizalar topshirish muddati tugab, nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘xtatilgan.

G‘alaba qozonishga asosiy da'vogarlardan biri Makri bo‘lib, u saylovlarda shu maqsadda tashkil etilgan “O‘zgarishlar uchun birgalikda” ittifoqidan qatnashadi. Makri g‘olib bo‘lsa, vitse-prezident lavozimini senator Migel Pichetto egallaydi.

Makriga sobiq bosh vazir Alberto Fernandes 2007 yildan 2015 yilgacha davlat rahbari bo‘lgan Kristina Fernandes de Kirshner bilan birgalikda jiddiy raqobat tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, prezident lavozimiga sobiq iqtisod vaziri Roberto Lavanya hamda kamroq darajada taniqli bo‘lgan Nikolas del Kano, Manuela Kastaneyra, Xose Luis Yespert, Gomes Senturion, Alexandro Bondini va Xose Romero Ferislar kurash olib boradilar.

Ko‘proq yangiliklar: