Agrobank «Men sportni tanlayman» sport-xayriya tadbirini o‘tkazdi

Sport 18:05 / 24.06.2019 2599

Joriy yilning 22 iyun kuni «Agrobank» ATB tomonidan poytaxtimizdagi «Ashxobod» sayilgohida «Men sportni tanlayman» shiori ostida sport-xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida, ya'ni yoshlarni sportga faol jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Ushbu xayriya tadbiriga poytaxtimizdagi 22 va 23-sonli mehribonlik uylarining 150 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari ham taklif etilib, ularga tashkilotchilar tomonidan sport anjomlari sovg‘a qilindi.

«Ashxobod» sayilgohida bo‘lib o‘tgan qiziqarli ko‘ngilochar dasturlarga boy bo‘lgan ushbu tadbirda taniqli san'atkorlar va iste'dodli ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga hush kayfiyat ulashgan bo‘lsa, yosh va mahoratli sportchilarimizning namoyishlari esa barchada o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi. Xayriya aksiyasining asosiy mehmoni bo‘lgan, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoga mashhur professional boks ustasi – Shoxjahon Ergashev tashrif buyurgan bolalar uchun professional mahorat darslarini namoyish etdi.

Agrobank tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tashabbuslar orqali bolalarni sportga jalb etish va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish asosiy maqsadlardan biridir.

Kelgusida bu kabi tadbirlar Agrobank tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: