Eron va AQSh ziddiyati. Hurmuzda nima bo‘lmoqda?

Jahon 22:55 / 23.06.2019 44983

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘tgan payshanbada Eronga nisbatan harbiy hujumni ma'qullagan edi, deb xabar beradi New York Times nashri. Bunga asosiy sabab uchuvchisiz boshqariladigan Amerika harbiy dronining Eron tomonidan urib tushirilishi bo‘lgan. 

Ma'lumotga ko‘ra, AQSh tomonidan harbiy operatsiya odamlarga shikast yetkazishdan saqlanish maqsadida quyosh ko‘tarilishidan oldin amalga oshirildi. Sharq vaqti bilan hisoblaganda esa bu taxminan kechki 9:00 ga to‘g‘ri keladi.

«Biroq amerikalik rasmiylar o‘sha payshanbada Trampning dron urib tushirilishi bilan bog‘liq harbiy tahdidga nisbatan munosabati yoki rejasi bilan bog‘liq hech qanday belgi sezishmaganini aytishmoqda. Eronliklar AQSh droni amerikaliklarning o‘zida ekanligini da'vo qilayotgan bir paytda, Tramp «kutib tursak, hammasini ko‘ramiz» qabilida javob qaytargan. Shuningdek, u Eronning hujumi o‘zi uchun katta xato bo‘lganini ham ta'kidlagan», — deb yoziladi maqolada. 

Ta'kidlanishicha, kechki soat 7:00lar atrofida harbiy va diplomatik soha vakillari qarshi hujumga tayyorgarlikni boshlab yuboradi va operatsiya start oladi.

«Biz Eronga munosib javob berish uchun 3 taraflama harakatlandik», —  deya yozadi Tramp o‘zining tvitterdagi sahifasida juma kuni ertalab.

Biroq keyinroq, Donald Tramp hujumni kechiktirdi. Asosiy sabab sifatida esa Eronning «munosib proporsional» emasligi ko‘rsatilmoqda.

Oxirgi inqiroz nega yuzaga keldi?

AQSh va Eron mojarolari uzoq tarixga ega. Shunday bo‘lsa-da, eng so‘nggi nizolarning gazak olishi 13 iyun sanasi bilan bog‘liq. Shu kuni Amerika rasmiylari Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinidagi neft tankerlariga hujum qilinishida Eronni ayblagandi. Ta'kidlash joizki, Hurmuz dunyo neftini tashuvchi eng asosiy maydon hisoblanadi.

Oradan bir kun o‘tiboq Pentagon hukumati Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ming nafar askar yubordi. Maqsad esa Eronni cheklash va xavfsizlikni nazorat qilishdan iborat bo‘lgan.

Shu hafta boshida esa rasmiy Tehron tez kunlarda 2015 yilgi Eron atom dasturi to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvning eng muhim punktini buzmoqchi ekanini ma'lum qildi. Ushbu kelishuvda davlatlar Eronga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni kamaytirishi, o‘z navbatida Eron ham bunga ko‘mak berishi zarur edi. Bu Eronning uran bilan bog‘liq faoliyatini cheklashdan iborat. Biroq davlat tez kunlarda o‘zining uran zaxiralarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalaridan voz kechishini ma'lum qilgan.

Nega Tramp javob hujumini to‘xtatdi?

Prezidentning aytishicha, u odamlarning halokatiga sabab bo‘lmaslik uchun ham bu ishni qilgan. Agar qarshi hujum uyushtirilsa, 150 odam o‘lishi mumkin. Dron bilan solishtirganda bu ancha katta zarar degani.

Hammasi qanchalik tez sodir bo‘ldi?

Administratsiya xodimining aytishiga qaraganda, Tramp 10 daqiqaning ichida barchasini tugatish haqida ko‘rsatma bergan. Bu paytda harbiy samolyotlar fazoda, kemalar o‘z joyida bo‘lsa-da, birorta ham bomba portlagani yo‘q.

Bu voqealar nimaga ta'sir o‘tkazadi?

Juma kunidan boshlaboq ayrim xalqaro liniyalar Eron va Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan parvozlarini cheklab qo‘ydi. Tehron nazoratidagi fazo hududi, jumladan, Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazidan esa Amerika samolyotlari o‘tishi taqiqlandi.

Amerika droni urib tushirilishi bilan qayta ishlanmagan neftning narxi ham xalqaro standartda 5.8 foizga qimmatlashdi. Juma tongida bir barrel neft 64.80 dollarga teng kelgan. Yaqin may oyidagi narxlarning eng yuqori ko‘rtaskichida bir barrel 72 dollarga baholangan edi.

Tramp Yaqin Sharqqa nechanchi marotaba harbiy harakat uyushtiryapti?

Bundan oldin ham Donald Tramp Suriyaga 2017 va 2018 yillarda hukumat kimyoviy qurol ishlatgani uchun hujum qilgan edi. Eron operatsiyasi esa uchinchi bo‘ldi.

Trampga urush uchun Kongressning ruxsati shartmi?

Garchi ayrim Kongress a'zolari buning uchun Kongress roziligini olish shartligini talab qilishgan bo‘lsa-da, aslida, bunga zarurat yo‘q.

Konstitutsiyada urush holatlarida Kongress qarori zarurligi belgilab qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay hukumat huquqshunoslari himoya maqsadida yoki AQSh uchun foydali holatlarda Prezident urush uchun mustaqil o‘zi qaror qabul qila olishi munkinligi to‘g‘risida bahslashishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: